OCh-2018. O'zbekiston futzalchilari yarimfinalga yo'l oldilar
Feb. 8, 2018, 5:54 p.m. 8644

Xitoy Taypeyida davom etayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida chorakfinal o'yinlari o'tkazildi.

O'zbekiston terma jamoasi bu bosqichda Vetnam futzalchilari bilan bellashdi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Gollar Mashrab Odilov, Davron Choriev va Ilhom Hamroev hisobiga yozildi.

Yarimfinalda O'zbekiston futzalchilariga Osiyoning eng kuchli termasi - Eron raqib bo'ladi.

Futzal bo'yicha OCh-2018
Chorakfinal

8 fevral
Vetnam - O'zbekiston 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar:
Luan (29) - Mashrab Odilov (9), Davron Choriev (28), Ilhom Hamroev (39) 

Chorakfinalning boshqa o'yinlari:
Livan - Iroq 2:2. pen. 8:9
Eron - Tailand 9:1
Yaponiya - Bahrayn 2:0

Yarimfinallar
9 fevral
13:00 Iroq - Yaponiya
16:00 Eron - O'zbekiston