Ravshan Haydarov O'zbekiston terma jamoasini boshqaradi
Feb. 7, 2018, 10:12 a.m. 29891

O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov O'zbekiston milliy terma jamoasini ham boshqaradi. Bu haqda Tribuna.Uz manbasi xabar berdi.

Gap shundaki, O'zbekiston futbol assoTsiaTsiyasi Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush bilan muzokaralar olib bormoqda. Malumotlarga ko'ra, yozda Eron terma jamoasi bilan shartnomasi nihoyasiga etadigan Keyrush O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish uchun og'zaki rozilik bergan. Hozircha rasmiy kelishuv imzolanmagan bo'lsada, murabbiy JCh-2018 musobaqalaridan so'ng O'zbekiston terma jamoasi boshqaruviga kelishi kutilmoqda.

Aynan shu sababdan ham O'FA oldin belgilanganidek yanvar yoki fevral oyidayoq xorijlik murabbiy olib kelish variantidan voz kechgan. Endilikda jamoani Ravshan Haydarov vaqtinchalik murabbiy sifatida boshqaradi. Haydarov O'zbekiston terma jamoasining 27 mart kungi Marokash va 18 may kuni Eron terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarida bosh murabbiy sifatida ishlaydi.

Bu Ravshan Haydarovning O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga uchinchi bor kelishi bo'ladi va u bu borada mutlaq rekord o'rnatadi. Ravshan Haydarov bundan oldin ikki marta terma jamoaga bosh murabbiy qilib tayinlangan — 2002 va 2005 yillarda. 

2002-2004 yillardagi faoliyati davomida, Ravshan Haydarov terma jamoa bilan Xitoyda o'tgan Osiyo chempionati chorak finaligacha etib borib, penaltilar seriyasida Bahraynga yutqazgan. Shundan so'ng, JCh-2006 saralashining 1-bosqichida Iroq, Falastin va Xitoy Taypeyi to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tgan. 

2005 yilda, JCh-2006 saralashining 2-bosqichini terma jamoa germaniyalik mutaxassis HaynTs-Yurgen Gyode qo'l ostida boshlagan. Ammo Kuvayt (1:2) va Janubiy Koreyadan (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, uning javobi berib yuborilgan. Terma jamoa esa yana Ravshan Haydarovga qaytarilgan. 

Haydarovning ikkinchi qaytishi avvalgiga nisbatan juda qisqa bo'ldi. Uning qo'l ostida jamoa ikkita o'yin o'tkazib, Janubiy Koreya (1:1) bilan durangga erishgan va safarda Saudiya Arabistoniga (0:3) yirik hisobda yutqazgan. Shundan so'ng, terma jamoaga angliyalik Robert Houton bosh murabbiy bo'lgan.

Umumiy hisobda, Ravshan Haydarov qo'l ostida O'zbekiston terma jamoasi 25ta o'yin o'tkazib, 13 marta g'alaba qozongan, 6 marta durang o'ynagan va shuncha marta yutqazgan. Uning ishtirokidagi o'yinlarda to'plar nisbati — 45:30.