Darvozabon rolidagi Karambyo. Jahon chempioni ishtirokidagi master klassdan fotogalereya
Feb. 6, 2018, 8:19 p.m. 4156

Coca-Cola kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan Coca-Cola Trophy Tour loyihasi doirasida Toshkentga Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogi olib kelindi. Uni FIFA elchisi sifatida ishlayotgan 1998 yilgi jahon chempioni franTsiyalik Kristian Karambyo boshchiligidagi delegaTsiya O'zbekistonga olib keldi.

Tadbir so'nggi qismida Kristian Karambyo va ko'ngilli qatnashchilar ishtirokida master-klass tadbirlari uyushtirildi. Yosh futbolchilar darvozalarga maxsus belgilangan joylarga aniq zarba berish bo'yicha bellashishdi. Aniq zarba sohiblariga Coca Sola kompaniyasining maxsus sovg'alari topshirildi.

Quyida ushbu tadbirdan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.