Video: Angliyada tarixiy gol kiritildi
Jan. 17, 2018, 10:39 a.m. 13069

«Lester»ning nigeriyalik hujumchisi Kelechi Iheanacho Angliya futboli uchun tarixiy bo'lgan gol muallifiga aylandi.

Angliya Kubogi 3-raundidan o'rin olgan «Lester» - «Flitvud Taun» o'yinida, hisob 1:0 bo'lib turganida, Iheanacho gol urdi. Ammo, laynsmen o'yindan tashqari holatni qayd etgach, bosh hakam golni inobatga olmadi.

Shunda hakamlar Angliya kubogida sinov tariqasida qo'llanilayotgan videotakrorlar xizmatidan foydalanishga qaror qilishdi. Videolavha qayta tomosha qilinganidan so'ng, hammasiga joyiga tushdi. Iheanacho gol urgan vaziyatda o'yindan tashqari holatda emasligi malum bo'ldi. Shundan so'ng, bosh hakam maydon markazini ko'rsatib, golni qayd etdi.

Natijada, Iheanacho Angliya maydonlarida VAR tizimi orqali inobatga olingan dastlabki gol muallifi bo'ldi.