Hakam Vengerning tajovuzi haqida gapirib berdi
Jan. 17, 2018, 11:23 a.m. 1759

Angliyalik hakam Mayk Din «Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger bilan o'rtasida yuz bergan voqea haqida gapirib berdi.

Malumki, «Vest Bromvich»ga qarshi o'yinning oxirida, Din tomonidan «Arsenal» darvozasiga belgilangan penaltidan so'ng, «kanonirlar» g'alabani qo'ldan chiqargan edi.

«Hakamlar xonasiga kirib kelgan Venger juda tajovuzkor edi. U meni bir necha marta turtib yubordi va «Siz o'yinni adolatli boshqarmadingiz» - dedi.

Shunda, meni qalloblikda ayblayapsizmi deb so'radim. U esa: «Bizga nisbatan ko'p nohaqlik qilgansiz. Siz professional bo'lishingiz kerak, biroq sharmandali tarzda ishlayapsiz» - dedi. Shundan so'ng, soqchi uni xonadan olib chiqdi», — deb Din so'zlarini keltirmoqda BBC.