Neymarning «Real»ga qachon o'tishi malum bo'ldi
Jan. 16, 2018, 9:35 p.m. 42978

«PSJ» hujumchisi Neymar yozda «Real» bilan shartnoma imzolaydi.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, 25 yoshli braziliyalik mavsum yakunlanganidan so'ng, Qirollik klubi tarkibiga qo'shiladi.

«Real» futbolchining transferi uchun 222 million evro to'laydi. Malumki, Neymar aynan shu qiymatga «Barselona»dan «PSJ»ga o'tgan edi.

Futbolchining «Real»dagi maoshi 40 million evroga teng bo'ladi.