La-Liga. 88 yil kutilgan natija. «Barselona» nihoyat «Anoeta»da g'alabaga erishdi
Jan. 15, 2018, 3:19 a.m. 9606

Ispaniya chempionatining 19-turida "Barselona" o'zining eng noqulay bo'lgan raqiblaridan biri "Real Sosedad" maydoniga safar qildi. Gollarga boy bo'lgan uchrashuv 2:4 hisobida kataloniyalik foydasiga hal bo'ldi. 

Dastlab mezbonlar 2ta gol urib, hisobda oldinga chiqib olishdi – Villian Joze hamda Xuanmi o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi. "Barselona" safida esa, Paulino hamda Messida 1tadan gol urgan bo'lsa, Suares dubl qayd etdi. 

Shu tariqa, "Barselona" "Anoeta" stadionida 88 yildan (1930 yil, fevral) beri ilk marotaba mezbonlar hisobni ochgan o'yinda g'alaba qozondi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar La-Liga doirasidagi o'yinlarda 2007 yilning 5 mayidan beri ilk bor "Real Sosedad"ni mag'lub qila oldi. 

Real Sosedad – Barselona 2:4 (2:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 11 Villian Joze, 2:0 – 34 Xuanmi, 2:1 – 39 Paulino, 2:2 – 50 Suares, 2:3 – 71 Suares, 2:4 – 85 Messi.
Real Sosedad – Ruli, Lorente, Rodriges, Odriosola, Navas, Prieto (Yanuzay, 78), Ilyarramendi, Surutusa (Subeldiya, 56), Kanales, Xuanmi (Oyarsabal, 60), Villian Joze.
Barselona – ter Stegen, Vermalen, Pike, Alba, Rakitich, Serdji Roberto, Paulino (Dembele, 65), Buskets, Andre Gomesh (Din, 80), Messi, Suares (Denis Suares, 90).
Ogohlantirishlar: Serdji Roberto (60), Ilyarramendi (63), Oyarsabal (84), Pike (90).

Turning qolgan o'yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi: 

Levante – Selta 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 37 Sisto.
Levante – Olasabal, Koke, Rober, Postigo, Luna, Lerma, Morales, Dukure (Bardi, 84), Kampanya (Djeyson, 46), Ivi Lopes (Nano, 79), Boateng.
Selta – Blanko, Malo, Kabral, Ronkalya, Kastro, Vass (Radoya, 72), Lobotka, Ernandes, Aspas, Maksi Gomes (Gomes, 87), Sisto (Brais Mendes, 81).
Ogohlantirishlar: Morales (21), Ernandes (78), Dukure (80), Maksi Gomes (87), Luna (87), Koke (88), Blanko (90).

Alaves – Sevilya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 52 Manu Garsiya.
Alaves – Pacheko, Agirregabiria, Laguardia, Eli, Duarte, Ibai Gomes (Sobrino, 90), Pina, Manu Garsiya, Pedrasa, Munir (Mubarak, 85), Gvidetti (Peres, 76).
Sevilya – Riko, Merkado (Korshya, 84), Ker, Langle, Karol, Gays (Sarabiya, 62), Pisarro, Navas (Muriel, 73), Banega, Nolito, Ben-Yedder.
Ogohlantirishlar: Duarte (24), Pina (55), Langle (65), Ker (72), Manu Garsiya (90), Eli (90).
Chetlatish: Duarte (83).

Espanol – Atletik 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 29 Moreno, 1:1 – 35 Inyaki Uilyams.
Espanol – Lopes, Lopes (Mark Navarro, 61), Duarte, Ermoso, Karikol, Darder, Sanches, Granero, Baptistao (Melendo, 86), Moreno, Xurado (Vila, 51).
Atletik – Yago Errerin, Inigo Lekue, Nunes, Laport, Saborit, Mikel Riko, Iturraspe, Inyaki Uilyams, Raul Garsiya (Benyat, 89), Susaeta (Kordoba, 83), Aduris (Sabin Merino, 73).
Ogohlantirishlar: Ermoso (60), Iturraspe (68), Saborit (76), Karikol (78), Raul Garsiya (80), Sabin Merino (88).