«Yuventus» Zidanni taklif qilishi mumkin
Jan. 12, 2018, 6:25 p.m. 2263

«Yuventus» klubi «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan hamkorlik qilishga qiziqmoqda, deb yozadi Corriere dello Sport.

Malumki, Turin klubi ustozi Massimilino Allegri bilan «PSJ», «Arsenal», «Chelsi» va Italiya terma jamoasi qiziqmoqda. Agar u «zebralar»ni tark etsa, Zidan jamoaga taklif qilinishi mumkin.

«Yuventus» yana bir variant sifatida «Zenit» bosh murabbiyi Roberto Manchini nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Zidan 1996-2001 yillarda futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgan.