Vadim Afonin tezda o'ziga yangi jamoa topdi
Jan. 12, 2018, 5:08 p.m. 3894

Rossiyaning «Orenburg» klubi O'zbekiston terma jamoasiga nomzod bo'lgan Vadim Afonin bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbada shartnomaning muddati va moliyaviy shartlari bo'yicha hech qanday malumotlar berilmagan.

Vadim Afonin 10 yanvar kuni «Anji» bilan ikki tomonlama kelishuv asosida shartnomasini bekor qilgandi. Maxachqala klubida o'ynaguniga qadar Vadim aynan Orenburg klubi safida to'p surgandi.

Malumot uchun, «Orenburg» Rossiya birinchi ligasi FNL turnir jadvalida ortda qolgan 25 turdan so'ng 54 ochko to'plab ikkinchi o'rinda bormoqda va Rossiya premer-ligasi yo'llanmasi uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Jamoa peshqadam «Enisey» 2 ochkoga ortda qolmoqda.