UEFA Nasri ustidan surishtiruv ishini davom ettiradi
Jan. 12, 2018, 10:24 p.m. 3903

UEFA «Antalyaspor» yarimhimoyachisi Samir Nasri ustidan, doping bo'yicha ochilgan surishtiruv ishini yana davom ettirishga qaror qildi.

Nasri bu ish yuzasidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilgan va uni ko'rib chiqish jarayonida surishtiruv ishi to'xtatilgan edi. Biroq, bugun CAS franTsiyalikning shikoyatini rad qildi.

2017 yil yanvar oyida, Ispaniya antidoping tashkiloti Samir Nasrini tekshirmoqchi ekani malum bo'ldi. Futbolchi Los-Anjelesdagi DripDoctors klinikasida, vitaminlardan foydalangan holda davolanish muolajasini olganidan so'ng, agentlik undan doping tahlilini topshirishni talab qildi. Malumki, davolanishning bunday turi doping izlarini yashirishga yordam beradi.

Joriy mavsumda Nasri «Antalyaspor» uchun 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.