Sanches «MYu»ga o'tishni xohlamayapti
Jan. 12, 2018, 6:35 p.m. 2438

Mourino Gvardiola sabab niyatiga eta olmaydigan bo'ldi

«Manchester Siti» klubi «Arsenal» bilan Aleksis Sanches transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, «shaharliklar» qishdayoq 29 yoshli chililik futbolchini o'z safiga qo'shib olishni ko'zlagan, ammo uning uchun 35 mln funt sterling berish niyati yo'qligini bildirgan.

Shuningdek, xabarda yozilishicha, Sanchesning o'zi ham 2017 yilning yozidanoq «Etihad»ga ko'chib o'tishni va Xosep Gvardiola qo'l ostida to'p surishni istamoqda. Shu boisdan ham «Manchester Yunayted»ning shartnomasi nisbatan ancha foydali bo'lsada, u Manchesterning qizil qismiga o'tishni o'ylayotgani ham yo'q.

Aleksis Sanchesning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga etadi.