Ravshan Haydarov: «Himoyada bexato o'ynab, natijaga erishdik»
Jan. 12, 2018, 8:02 p.m. 2381

O'zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Xitoyga (1:0) qarshi Osiyo chempionati «A» guruhi 2-tur uchrashuvidan so'ng, g'alaba oson qo'lga kiritilmaganini aytdi.

«Bugungi o'yinda qo'lga kiritilgan 3 ochko uchun futbolchilarga rahmat. Bahs oson kechgani yo'q, ammo, himoyada yaxshi o'yin namoyish qila oldik va raqibga gol urish uchun imkon bermadik.

Raqib bugun yuqori saviyadagi jamoa ekanini isbotladi. Ular ikkinchi bo'limda ko'proq o'yinni nazorat qilishdi va ko'p hujumlar uyushtirishdi. Biz himoyadagi bexato o'yin bilan ularning hujumlarini to'xtata oldik», – dedi Haydarov.

«Birinchi taymda gol urdik va bu o'yinning borishiga ijobiy tasir o'tkazdi. Ikkinchi taymda esa, raqibni qarshi hujumda ushlashga harakat qildik. Reja bo'yicha o'yin namoyish etdik, ammo vaziyatlar yarata olgan bo'lsak ham, ulardan foydalana olmadik. Endi bugungi uchrashuvni tahlil qilib, Ummonga qarshi so'nggi bahsga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz», – deb qo'shimcha qildi O'zbekiston yoshlar termasi ustozi.

O'zbekiston U23 guruhdagi so'nggi o'yinni 15 yanvar kuni Ummonga qarshi o'tkazadi.