Ravshan Haydarov Xitoy ustidan g'alabani izohladi
Jan. 12, 2018, 6:20 p.m. 3696

O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Xitoy terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan (1:0) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Shogirdlarimning bugun ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qildim. Birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng tezda o'zimizga kelib olganimiz yaxshi bo'ldi.

O'yin juda qiyin kechdi, chunki Xitoy ham oxirigacha kurash olib bordi. Albatta, bugun zo'r futbol namoyish etdik degan fikrdan yiroqman, ammo g'alaba qozondik — asosiysi shu. Bundan tashqari, raqibni ham etirof etish joiz, ular chiroyli o'yin ko'rsatishdi. Bizda esa bu o'yinga belgilangan taktika bor edi», - deya Ravshan Haydarovning so'zlarini keltiradi OFK rasmiy sayti.