Nikita Ribkin «Buxoro»ga to'g'ri kelmadi
Jan. 12, 2018, 7:06 p.m. 1701

«Qo'qon-1912» klubining sobiq darvozaboni Nikita Ribkin o'ziga yangi klub izlashda davom etmoqda.

Futbolchi biroz muddat Bekobodning «Metallurg» tarkibida shug'ullandi. Shundan so'ng, «Buxoro» mashg'ulotlarida ham ishtirok etdi.

Sports.uz xabariga ko'ra, Ribkin buxoroliklar safida uzoq ushlanib qolmadi va yana Bekobodga qaytdi. Endi u «Metallurg» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.