«Manchester Siti» Sanchesdan voz kechishi mumkin
Jan. 12, 2018, 10:07 p.m. 4811

«Manchester Siti» klubi «Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches transferidan voz kechishi mumkin.

The Telegraph xabariga ko'ra, mankunianliklar londonliklar bilan futbolchining transfer narxini kelisholmayapti. «Siti» Sanches uchun 23 million evro taklif qilmoqda, «kanonirlar» esa 40 million evro so'ramoqda.

Bundan tashqari, «Manchester Siti» futbolchining agentiga beriladigan mukofot puli bo'yicha ham kelishuvga erisholmayapti.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli Sanchesga «Manchester Yunayted» ham qiziqyapti.