Londonlik oila «Chelsi»ning yangi stadioni qurilishiga qarshilik qilmoqda
Jan. 12, 2018, 5:56 p.m. 3436

Londonlik oila «Chelsi» klubining yangi stadioni qurilishini taqiqlashni talab qilmoqda, deb yozadi VVS.

Londonliklar fikriga ko'ra, yangi inshoot ularning uyini quyosh nuridan to'sib qo'yadi. Ular klub tomonidan ajratilgan kompensaTsiyani olishdan ham bosh tortyapti. Yaqin kunlarda mojaro sudda ko'rib chiqilishi kutilmoqda.

Avvalroq, «Chelsi» xo'jayini Roman Abramovich 60 ming muxlisga mo'ljallangan stadion uchun 1,3 milliard evro ajratmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.