Klopp Koutinoning qo'yib yuborilishi sabablarini aytdi
Jan. 12, 2018, 8:30 p.m. 8323

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarimhimoyachi Filippe Koutinoni tarkibda saqlab qolish uchun hech qanday imkoniyat bo'lmaganini tan oldi. 

Malumki, braziliyalik futbolchi 160 mln evro evaziga «Barselona»ga o'tgan edi.

«Barselona» qishda uni qo'lga kiritmoqchi ekanini bilardim. Agar biz unga «seni shartnomang bor, hech qaerga ketmaysan» - desak, bundan yaxshi natija chiqmas edi.

Men uni olib qolish kerakmi, u bizga mavsumning ikkinchi qismida yordam bera oladimi degan savolga javob topishim shart edi. To'g'risini aytsam, javob 100% aniq edi - bizda hech qanday imkoniyat yo'q edi.

U bundan buyon bizning tarkibimizda maydonga tushishni istamadi. U mavsumning dastlabki yarmida juda zo'r o'ynadi. Ammo, hozir uni qo'yib yuborish vaqti etib kelgandi» - dedi Klopp.