Ikkita klub Neymar uchun 500 mln evro berishga tayyor
Jan. 12, 2018, 5:41 p.m. 19334

FranTsiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Neymar Madridning «Real» va Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi qiziqishlari doirasida turibdi. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, ikkala klub ham braziliyalik yulduz uchun 500 million evro berishga tayyor ekanini malum qilgan.

Ispaniyaning Marca nashri bergan xabarda esa uni sotib olish uchun «Real» asosiy davogar sifatida ko'rsatilmoqda. Klub vakillari Neymar bilan uchrashib bo'lajak transfer masalasini muhokama qilishgacha ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2017 yilning yozida «Barselona»dan Parijga 222 million evro evaziga olib kelingandi.