Ikardi «Inter»dan maoshini oshirishni talab qildi
Jan. 12, 2018, 6:45 p.m. 1843

«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi klubda qolish uchun o'z shartini elon qildi. 

Futbolchi milanliklar tarkibida yiliga 9 mln evro maosh olishni istayapti. Ayni paytda, argentinalikning daromadi 4,5 mln evroga teng. 

O'z navbatida, «neradzurri» futbolchining shartnomasidan tovon puli haqidagi bandning olib tashlanishini yoki uni 110 mln evrodan 200 mln evroga oshirilishini xohlayapti.

Mish-mishlarga qaraganda, Ikardi «Inter» bilan yangi shartnoma imzolamagan. U «Real»ga o'tishi ham mumkin.