Gvardiola APLda navbatdagi rekordni o'rnatdi
Jan. 12, 2018, 3:47 p.m. 4255

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliyada dekabr oyining eng yaxshisi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Bu orqali Gvardiola ketma-ket to'rtinchi marta Angliyada oyning tengsiz murabbiyi deb topildi va shu paytgacha Angliyada hech bir murabbiy qayd eta olmagan natijaga erishdi. Premer-liga tarixida hech bir murabbiy ketma-ket to'r oy davomida tengsiz deb topilmagandi.

«Manchester Siti» dekabr oyida Gvardiola boshchiligida 7 o'yinda maydonga tushib, 6 g'alaba va bir durang natija qayd etdi.