O'FF prezidenti Farg'ona viloyati futbol federaTsiyasi faoliyati bilan tanishdi
Jan. 12, 2018, 7:57 p.m. 1221

O'zbekiston futbol federaTsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ishchi guruh bilan birgalikda 12 yanvar kuni Farg'onaga tashrif buyurdi.

U dastlab Farg'ona viloyati hokimi, viloyat futbol federaTsiyasi prezidenti Shuhrat G'aniev bilan uchrashib, vodiyda futbolni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar borasida suhbatlashdi.

Shundan so'ng Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh «Istiqlol» stadioniga borib, u erdagi sharoitlar bilan tanishdi.

Stadion 20 ming nafar muxlisga mo'ljallangan bo'lib, uchrashuvlarni yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. O'FF prezidenti «Istiqlol» stadionidagi  sharoitlarni yuqori baholadi.

Keyin esa Umid Ahmadjonov «Neftchi» PFK qoshidagi ayollar jamoasi azolari bilan uchrashdi va ularning mashg'ulot jarayonlari qanday kechayotgani bilan qiziqdi. So'ngra, ayollar jamoasi azolariga to'plar sovg'a qilindi.

Shundan so'ng, O'FF prezidenti «Neftchi» PFK akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Bolajonlarga ham mashg'ulotlar o'tkazishda foydalanish uchun to'plar sovg'a qilindi.

O'FF prezidenti boshchiligidagi ishchi guruh Farg'ona viloyati futbol federaTsiyasiga tashrif buyurdi va uning faoliyatini o'rganib chiqdi.

Shu erning o'zida Umid Ahmadjonov viloyat federaTsiyalari masullari ishtirokida majlis o'tkazdi. Majlisda O'FF boshqarma boshliqlari, Namangan, Andijon va Farg'ona viloyati futbol federaTsiyalari xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Majlis davomida viloyat futbol federaTsiyasi tomonidan ommaviy futbol, bolalar va o'smirlar futboli, murabbiylar va hakamlar tayyorlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Viloyat futbol federaTsiyalari tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli ko'rsatmalar berildi.

«Vodiy ahli futbolni juda sevadi. Bu erda futbolning jonkuyar muxlislari ko'p. Ana shu muxlislarni, xalqimizni xursand qilish uchun asdoydil mehnat qilishimiz kerak. Buning uchun, ko'zi yonib turgan, futbol rivoji uchun halol ishlashga tayyor insonlarni ishga olish kerak. Mana «Oltin vodiy» dasturi bo'yicha ishlar boshlanmoqda. Reja bo'yicha bu yil butun respublika bo'ylab 1000 ga yaqin musobaqa o'tkazish rejalashtirilgan. Shulardan 600 tasi vodiyda o'tkaziladi. Jumladan, Farg'onada 200 ga yaqin bolalar va o'smirlar o'rtasida musobaqa o'tkazamiz.

Endilikda futbol maktablariga qabullarni shaffof tarzda o'tkazilishini taminlash kerak. Qabul davomida O'FF masul xodimlari albatta ishtirok etadi. Shuningdek, OAV vakillari ham qabul jarayonini keng yoritib borishlari kerak.

Shuningdek, Farg'onada murabbiylar va hakamlarni tayyorlash masalasiga jiddiy yondashish zarur. Endilikda, O'zbekiston futbol federaTsiyasi hakamlar va murabbiylarning saviyasini oshirish bo'yicha seminarlarning barcha xarajatlarini qoplab beradi. Bu chora-tadbirlar istedodi bo'la turib, moliyaviy sabab liTsenziya ololmay yurgan murabbiy va hakamlarga yaxshigina imkoniyat», – dedi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

«Vodiyda futbolni rivojlantirish uchun ko'p mehnat qilish kerak. Qo'qon shahri o'zbek futbolining vatani. Nasib qilsa, bu yil vodiyda futbol bayrami uyushtiramiz. Bu erda xalqaro talablarga javob beradigan shunday chiroyli stadionlar barpo etilgan. Bu stadionlarda Olimpiya  terma jamoamiz ishtirokida xalqaro o'rtoqlik o'yinlari tashkil etiladi. Bu vodiy ahli uchun o'ziga xos sovg'a bo'ladi», – deb qo'shimcha qildi Umid Ahmadjonov.