«Dinamo» mavsumoldi yig'inini boshladi - tarkibda o'zgarishlar bor
Jan. 12, 2018, 6:35 p.m. 1861

2017 yil yakuniga ko'ra, Oliy Ligani tark etib, PRO-Ligaga tushib ketgan Samarqandning «Dinamo» klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, shartnoma muddati nihoyasiga etgan bir qator futbolchilar jamoani tark etgan.

Xususan, chernogoriyalik legioner Adnan OraxovaTs, moldovalik legioner Radu Rogak, shuningdek klubda ijara asosida to'p surgan Farhod Tojiev, bundan tashqari Muhammad Isaev, Doniyor Ismoilov va Saidjamol Davlatjonov bu yilgi mavsumda samarqandliklar tarkibida o'ynamaydi.