Butrageno «Real»ning yanvardagi transferlari haqida axborot berdi
Jan. 12, 2018, 5:32 p.m. 8862

«Qirollik klubi» rahbariyati mavjud tarkibdan mamnun va jamoani kuchaytirish ishlarini yozga qoldirgan.

Bu haqda jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha klub rahbari Emilio Butrageno xabar bermoqda.

«Bizda joriy mavsumda uchta sovrinni qo'lga kiritgan ajoyib jamoa bor. Shuning uchun, yanvarda birorta xaridni amalga oshirmaymiz» - deb Emilio so'zlarini keltirmoqda Defensacentral.

«So'nggi paytlardagi muvaffaqiyatsizliklar - bu tabiiy hol, futbolda uchrab turadi. Muhimi - ishlashda davom etish va xotirjamlikni saqlash».