Benzema «Chelsi» va «Arsenal» taklifini qabul qilmadi
Jan. 12, 2018, 9:54 p.m. 5214

«Real» hujumchisi Karim Benzema Madridni tark etmoqchi emas.

Futbolchi «Arsenal» va «Chelsi» taklifini rad qilgan, chunki uni Angliya umuman qiziqtirmayapti.

Benzema o'zini Madridda juda yaxshi his qilmoqda. Muxlislarning hushtakbozlik qilishi uni umuman xavotirga solmayapti.

Zidan «Real» bosh murabbiyi bo'lib qolarkan, Karim har doim o'yin amaliyotiga ega bo'lishini biladi.