Angliyada navbatdagi transfer amalga oshirildi
Jan. 12, 2018, 7:50 p.m. 5657

Angliyaning «Haddersfild» klubi o'z safiga yangi futbolchi qo'shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, chempionship vakili «Norvich» tarkibida to'p surib kelgan Aleks Prichard bundan buyon APL klubi safida to'p suradigan bo'ldi. 24 yoshli futbolchi «Haddersfild» bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Prichard joriy mavsum «Norvich» safida Chempionshipning 8ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urgan va 2ta golli pas bergandi.