«Real»dan 5 nafar, «Barselona»dan - 1. UEFA yil jamoasini elon qildi
Jan. 11, 2018, 4:28 p.m. 9923

UEFA 2017 yilning eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini elon qildi. Tarkib 4-4-2 taktik chizmasi orqali tuzib chiqildi.

Tashkilot rasmiy sayti bergan malumotga ko'ra, ramziy terma jamoadan «Real»ning besh nafar azosi o'rin olgan bo'lsa, «Yuventus»ning 2 futbolchisi ro'yxatga kiritilgan. Shuningdek «Barselona», «Manchester Siti» (ilk marta) «PSJ» va «Chelsi»ning bir nafardan futbolchilari ushbu ramziy terma jamoani to'ldirishgan.

UEFA tomonidan tanlab olingan 2017 yil terma jamoasi quyidagicha
Darvozabon
: Janluiji Buffon («Yuventus»);
himoyachilar: Dani Alvesh («PSJ»), Jorjio Kellini («Yuventus»), Serxio Ramos, Marselo (ikkalasi — «Real»);
yarimhimoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich (ikkalasi — «Real»), Eden Azar («Chelsi»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»);
hujumchilar: Krishtianu Ronaldu («Real»), Lionel Messi («Barselona»).