De Bryuyne bolaligida qaysi klubga muxlislik qilgani oshkor bo'ldi
Jan. 11, 2018, 1:49 p.m. 11254

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne yoshligida «Liverpul» muxlisi bo'lgan. 

Belgian Red Devils kanaliga joylashtirilgan videoda, «Gent» akademiyasining yosh futbolchisi shu haqda gapirib bergan.

«Sevimli klubim – «Liverpul», eng yaxshi ko'rgan futbolchim – Maykl Ouen. Qachonlardir u bilan birga to'p surishni istardim» - deydi yosh De Bryuyne.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchi avvalroq «Chelsi» tarkibida o'ynagan. Joriy mavsumda, «Manchester Siti» tarkibida u barcha musobaqalarda 30ta o'yin o'tkazgan. Uning hisobida 8ta gol va 12ta golli uzatma bor.