«Barselona» yangi transferi haqida elon qildi
Jan. 11, 2018, 2:42 p.m. 9571

Kataloniyaning «Barselona» klubi kolumbiyalik himoyachi Yerri Minani o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, klub Mina bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan 5,5 yillik shartnoma imzoladi. 

Rasmiy manbada yozilishicha, klub 23 yoshli futbolchining transferi uchun Braziliyaning «Palmeyras» klubiga 11,8 million evro sarflagan. Uning shartnomasida tovon puli sifatida 100 million evro ko'rsatilgan.