«Barselona» yangi azosi Yerri Mina haqida 10ta qiziqarli fakt
Jan. 11, 2018, 6:33 p.m. 11092

«Barselona» muxlislarga himoyachi Yerri Mina haqida bir qancha qiziqarli malumotlarni elon qildi.

Malumki, futbolchi Ispaniya grandi bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolab, qishda amalga oshirilgan ikkinchi transfer bo'lgan edi.

«Barselona» futbolchini tanishtirar ekan, u haqda 10ta qiziqarli faktni taqdim qildi.

- Yerri Mina «Barselona» safida rasmiy o'yin o'tkazadigan birinchi kolumbiyalik futbolchiga aylanadi. 1964 yil 24 iyun kuni «Sabadel» klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida, Lauro Moskera «Barselona» safida maydonga tushgan edi. Biroq, u jamoada asosiy tarkibiga o'rnashib qololmadi.

- Yerri «Barsa»ning eng bo'ychan futbolchisi bo'ladi. Uning bo'yi 195 sm.ga teng bo'lib, u Kataloniya «grenadyorlari»ning barchasi - Jerar Pike (194), Serxio (189) va Andre Gomeshdan (188) balanddir.

- Mina Primerada ishtirok etayotgan o'ninchi kolumbiyalik bo'ladi. Ularning barchasi quyidagilar: Karlos Bakka (Vilyarreal), Xuanxo Narvaes (Betis), Luis Muriel (Sevilya), Daniel Torres (Alaves), Jefferson Lermo (Levante), Jeyson Murilo (Valensiya), Bernardo Espinosa, Yoxan Moxika va Marlos Moreno (uchalasi ham – Jirona).

- Yerri Kolumbiya terma jamoasida 2016 yil 6 oktabr kuni debyut qilgan. 11 oktabr kuni esa Urugvayga qarshi o'yinda gol urgan. Uning hisobida jami 9ta o'yin va 3ta gol bor.

- Professional faoliyatida 23 yoshli futbolchi to'rtta turli raqam ostida o'ynagan: №3 - «Deportivo Pasto», №26 - «Santa Fe» va «Palmeyras», №13 va №16 - Kolumbiya terma jamoasi.

- Mina futbolga darvozabon sifatida kirib kelgan, biroq, keyinchalik markaziy himoyachiga aylangan.


- Yerrining otasi va tog'asi ham professional futbolchi bo'lgan. Qizig'i shundaki, ikkalasi ham darvozada turgan. Aynan ular Yerrining futbolchi bo'lishiga katta tasir o'tkazgan. Otasi uni oilaviy ananani o'zgartirib, himoyachi bo'lishga chaqirgan. Tog'asi esa uni «Deportivo Pasto» klubiga joylab qo'ygan, keyinchalik uning agentiga aylangan.

- Mina jamoalariga sovrin yutib olishda doimo ko'maklashib keladi: 2014 yili – Kolumbiya chempioni, 2015 – Kopa Sudamerikana g'olibi, 2016 – Braziliya chempioni va faqat 2017 yilda sovrinlarsiz qolgan...

- Yerri 2016 yilda, qadrdon Guachena shahrida xayriya jamg'armasini tashkil qilgan va ikki mingga yaqin odam undan yordam olyapti.

- Mina bo'sh vaqtini oilasi va do'stlari davrasida o'tkazishni yoqtiradi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan ko'plab suratlar isbot bo'la oladi.

Yerri Mina rasmiy tanishtiruv marosimi 12 yanvar kuni o'tkaziladi.