Adidas Dibalaning keyingi klubini oshkor qilib qo'ydi
Jan. 11, 2018, 10:29 p.m. 28967

Sport ekipirovkasi ishlab chiqaruvchi mashhur Adidas kompaniyasi, «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalaning keyingi klubini behosdan oshkor qilib qo'ydi.

Kompaniyaning Buyuk Britaniyadagi tvitter sahifasida: «Yangi Predator, yangi klub, yangi chorlov. Dibala, «Orzular teatri»ga xush kelibsan» degan yozuv paydo bo'ldi.

Predator - Adidas kompaniyasining yangi butsasi nomi, «Orzular teatri» esa «Old Trafford» stadioniga beriladigan nisbat ekanini inobatga oladigan bo'lsak, argentinalik futbolchining keyingi klubi «Manchester Yunayted» bo'lishi oydinlashadi.

Keyinchalik, bu tvit o'chirib tashlandi.