«Real» Koutino transferiga munosib javob qilmoqchi
Jan. 10, 2018, 9:38 a.m. 21219

«Liverpul» yarim himoyachisi Muhammad Saloh «Real» qiziqishlari doirasiga tushgan. Bu haqda jurnalista Janluka Di MarTsioning saytida xabar berildi. Uning yozishicha «qaymoqranglilar» «Barselona»ga «Liverpul»dan Filippe Koutinoni transfer qilganiga shu tariqa munosib javob qaytarishmoqchi. 

Ushbu 25 yoshli misrlik futbolchini sotishga mersisaydliklar rozi bo'lgani haqida hozircha xabarlar yo'q.

Saloh o'tgan yil yozida «Liverpul» safiga «Roma»dan kelib qo'shilgandi. Ushbu transfer qiymati 42 mln evroni tashkil etgan. Joriy mavsumda u APLning 21 uchrashuvida maydonga tushib, 17 gol urgan va 5 golga uzatma bergan.