Filippe Koutino o'rniga 4 nomzod
Jan. 10, 2018, 4:10 p.m. 13198

Filippe Koutino jamoani tark etdi. «Liverpul» katta miqdorda pul ishlab olgan bo'lsada, asosiy chiziqlaridan birining yaqqol etakchisidan ayrildi. Transferlar uchun yaxshigina puli bo'lgan mersisaydliklar bu o'rinni to'ldirishga urinishi tabiiy. Tribuna.Uz braziliyalik yulduzning o'rnini to'ldirishi mumkin bo'lgan futbolchilarni sanab o'tadi.

Xo'sh Liverpulda «fantastik to'rtlik»dan bo'shab qolgan o'rinni kim to'ldirishi mumkin? Kim eng munosib bu o'ringa. Buni turli imkoniyatlar ko'rinishida hisoblab chiqishga harakat qilamiz.

ORZU:
KRISTIAN PULIShICh

Pulishich uzoq vaqtdan buyon Yurgen Kloppning asosiy transfer maqsadi bo'lib kelmoqda. 2015 yilda aynan Klopp uni «Borussiya»ga olib kelgandi. Anchadan buyon aynan u Koutino o'rniga munosib nomzod bo'lishi aytib kelinmoqda. 

«Asalarilar» yoshlar tarkibida Dortmundning asosiy qahramonlaridan biriga aylana olgan amerikalik futbolchi bugungi kunga kelib butun boshli mamlakatning bosh umidi bo'lib turibdi. 

Albatta, balki Koutino o'rniga qisqa muddatlar uchun boshqa munosibroq nomzodni topish mumkindir, ammo Pulishichning endigina 19 yoshda ekanini hisobga olsak, hozirdayoq ajoyib futbol namoyish etayogan futbolchining kelgusida yanada o'sishiga shubha qilmasa ham bo'ladi. «Liverpul» uni sotib olsa, katta ehtimol bilan muxlislar Koutinoni sog'inib qolishmaydi. 

Amerikalik futbolchining eng asosiy qurollaridan biri uning driblingi sanaladi. Joriy mavsumda Kristian Bundesligada bu borada eng etakchi futbolchi bo'lib turibdi (48 marta raqiblarini muvaffaqiyatli aldab o'tgan).  Agar raqibni ortda qoldirishga urinishning umumiy sonini (100) hisobga olsak, ularning salkam 50 foizi muvaffaqiyatli chiqqaniga guvoh bo'lishimiz mumkin bo'ladi. 

Albatta bu nomzodning orzu deyishimizga sabab bor. Yaqinda bergan intervyusida ham Pulishich shunga ishora qilgandi: «Men hech qachon «Liverpul»ga o'tish haqida jiddiy o'ylab ko'rmaganman. Kloppni hurmat qilaman, u bilan yaxshi tanishman, Yurgen meni Dortmundda juda yaxshi qabul qilgan, ammo «Borussiya» menga barcha narsani berdi». 

Yana bir narsani qayd etish kerakki, Neymar «PSJ»ga o'tib ketgach, uning o'rnini bosish uchun Katalaoniyaga «Borussiya»dan Usmon Dembele olib kelindi. Dortmundliklar franTsuzni saqlab qolish uchun harchand urinishmasin buni uddalay olishmadi. Ammo buyog'iga ular ham o'ziga «mahkam» bo'lishi turgan gap. Shunday ekan, jamoa bir mavsumda ikkinchi marta bir xil xatoni takrorlab etakchilarini qo'yib yuborishiga ishonish qiyin.

ENG REAL VARIANT:
TOMA LEMAR

Balki, kimdir Toma Lemar aynan yuqoridagi variantga to'g'ri kelishi mumkinligini aytar. Ammo, gap shundaki, so'nggi vaqtlarda franTsuz yulduziga aynan «Liverpul» eng ko'p qiziqish bildirmoqda. Yozda «Arsenal»ga o'tishiga bir baxya qolgan futbolchining endilikda Liverpulda paydo bo'lish imkoniyati yuqori baholanmoqda.

O'tgan mavsumda Lemar «Monako»ning asosiy futbolchisiga aylangandi. Barcha musobaqalarda jami bo'lib gol+pas tizimi bo'yicha 31 ball (14 gol+17 pas) to'plagan futbolchi jamoasi bilan FranTsiya chempioni bo'lgan va Evropa chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgandi.

Ammo joriy mavsumda uning o'yinida biroz pasayish kuzatildi. Hozirga kelib Toma Lemar faqatgina 2ta gol kiritgan bo'lib, 4 golga hammualliflik qilgan.

Ammo yozda «Monako»ni etakchi futbolchilar tark etgani hisobiga, uning o'yinidagi pasayish Tomaga bo'layotgan qiziqishni susaytirgani yo'q. «Liverpul» Lemarni qo'lga kiritishi uchun Koutino transferidan ishlab olgan pulning katta qismini sarflashi kerak bo'ladi. Mirror nashri bergan xabarga ko'ra, «qizillar» aynan shu yo'ldan borishmoqda va Koutino o'rniga «Monako» yarimhimoyachisini asosiy o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. 

SIRLI TULPOR:
LEON GORETTsKA

«Liverpul» yarimhimoyasini kuchaytirish uchun yana bir nomzod bu — Leon GoretTska. shuningdek u kutilmagan Koutino o'rnini ham bosib keta olishi mumkin.

Yozda «qizillar» safi gvineyalik Nabi Keyta evaziga kuchayadi va o'z-o'zidan tayanch yarimhimoya hududi ham bu orqali katta o'sishga erishini taxmin qilish mumkin. Buning natjasida aynan GoretTska klubga olib kelinsa, u ko'proq hujumchilarga yordam berishi va o'zining yaratuvchanlik qobiliyatini namoyish etib berishi mumkin bo'ladi. «Shalke»da hozirgacha u ancha orqaga qaytib harakat qiladi va ko'proq tayanch yarimhimoyasiga ko'maklashadi. Liverpulda u hozirgacha ega bo'lmayotgan imkoniyatlariga ega bo'lishi va bu kutilmagan kashfiyotga aylanishi ham mumkin. 

GoretTska ancha orqaga qaytib o'ynayotgan bo'lsada, «chuqur»dan boshlangan hujumlarni rivojlantirish va uni muvaffaqiyatli yakunlay olishi bilan ajralib turadi. Joriy mavsumda u hozirgacha 4ta gol kiritdi, biroq qishki tanaffus oldidan jarohat olib safdan chiqdi. O'zining 22 yoshida nemis futbolchisi olti yillik tajribaga ega bo'lishga va Bundesligada 101ta uchrashuv o'tkazishga ulgurdi. 

Shunga qaramasdan, «Liverpul» yozda erkin agentga aylanadigan futbolchini qo'lga kiritish uchun «Bavariya» va «Yuventus» bilan jiddiy raqobatlashishiga to'g'ri keladi. 

Tribuna.Uz tavsiyasi:
NABIL FEKIR

«Liverpul»ning «fantastik to'rtligi» bu mavsumda raqib himoyasi uchun dahshatli tushdek bo'lib kelayotgandi. Birgina Premer-Liganing o'zida bu to'rtlik 38ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

Koutino esa 7 gol va 6 golli uzatmasi bilan bu statistika munosib hisob qo'shib kelayotganini hisobga olsak, «Liverpul» oldingi chiziqdagi eng asosiy yaratuvchisini yo'qotganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. 

Ammo «qizillar» braziliyalik futbolchining ketganidan unchalik ham xafa bo'lmasliklari mumkin. Sababi «Lion»da javlon urayotgan Nabil Fekir aynan Filippening o'rniga eng munosib nomzod bo'la oladi. 

Fekir jamoasida uch hujumkor yarimhimoyachilardan biri sifatida o'ynayotganiga qaramasdan 11ta gol kiritishga ulgurdi. «Liverpul» Mane va Saloh yordamida xuddi lionliklarga o'xshash uslubda o'ynashini hisobga olsak, 24 yoshli futbolchi kelgusida o'zining jarima maydonida ajoyib tarzda ochila olish qobiliyati bilan klubga Koutinodan kam bo'lmagan samara keltirishi mumkin.

FranTsuz futbolchisi shuningdek, «qizillar» o'yiniga, Angliyada muhim sanalgan ikkinchi qavatdagi ustunlikni ham olib berishi mumkin. Joriy mavsumda FranTsiya 1 ligasida Fekir 45 foiz havodagi kurashlarda g'olib chiqqani etiborga molik. Taqqoslash uchun bu borada «Liverpul»ning «fantastik to'rtlik»idagi eng yaxshi ko'rsatkich Muhammad Salohga (29,17 foiz) tegishli.

Hozircha shular. «Liverpul» Muhammad Saloh nomi ostida yangi yulduzga, yangi etakchiga ega bo'lgan esada, Koutinoning o'rni uchta frontda kurash olib borayotgan jamoa uchun bilinishi tabiiy. Buning oldini olish uchun esa Klopp va uning jamoasida vaqt ham mablag' ham etarlicha topiladi.