Yuz nafar yapon bolakaylari uch nafar katta futbolchilarga bas kelolmadi
Jan. 8, 2018, 5:22 p.m. 4920

Yaponiya terma jamoasi futbolchilari Xiroshi Kiyotake, Xotaru Yamaguti va Yosuke Ideguti Kyokugen nomli teleko'rsatuvda ishtirok etishdi.

Shou doirasida ularga 100 nafar maktab o'quvchisi 10–30–30–30 sxemasida maydonga tushdi. Biroq, bu bolakaylarga yordam bermadi. Katta futbolchilar baribir gol urishni uddaladilar.

To'rt yil oldin, Xiroshi Kiyotake shunga o'xshash bahsda Sindzi Kagava bilan 55 nafar bolakayga qarshi o'ynagan edi.