Video: Koutinoning «Barselona»dagi ilk qadamlari
Jan. 8, 2018, 10:20 p.m. 4444

«Barselona»ning yangi futbolchisi Filippe Koutino taqdimot marosimidan keyin «Kamp Nou» stadionida yig'ilgan muxlislar qarshisiga chiqdi. Braziliyalik futbolchi fotograflar uchun suratga tushib kerdi va keyin to'p bilan turli harakatlarni amalga oshirdi.

U hozircha raqamsiz futbolkada namoyon bo'ldi.

Koutino «Barselona»ga «Liverpul»dan 160 million evroga transfer bo'ldi (shundan 40 million evro bonuslar ko'rinishida to'lanadi).