Podolskining shaurma-kafesi Germaniyada shov-shuvga sabab bo'ldi
Jan. 8, 2018, 8:13 p.m. 4276

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Lukas Podolski qadrdon Kyoln shahrida do'nar-kabob kafesini ochdi.

Bir paytlar Turkiyaning «Galatasaroy» klubi shanini himoya qilgan futbolchiga mahalliy taomlar juda yoqib qolgan shekilli, u vatanida ham shaurma sotadigan ovqatlanish nuqtasiga asos soldi.

Qizig'i shundaki, kafe minglab odamlarning etiborini tortdi va shaurma sotib olishni istaganlar katta navbatni hosil qildilar.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda Podolski Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubida o'ynayapti.