«Paxtakor» 3 milliard evaziga «Nasaf»ning yana bir futbolchisini qo'lga kiritmoqchi
Jan. 8, 2018, 6:26 p.m. 10992

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi «Nasaf» hujumchisi Bobir Abduholiqovni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda CA internet-nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, «Paxtakor» «Nasaf» hujumchisining transferini sotib olish niyatida. Bu borada toshkentliklar «ajdarlar»ga rasmiy taklif bilan murojaat qilgan.

Malumotlarga ko'ra, «Nasaf» Bobir Abduholiqov uchun 3 milliard so'm (taxminan 370 ming dollar) so'ramoqda. Agarda tomonlar kelisha olishsa, Abduholiqov kelasi mavsumni «Paxtakor»da boshlashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar «Paxtakor» o'tgan mavsumni «Nasaf»da o'tkazgan to'rt nafar futbolchi Farruh Sayfiev, Akmal Shorahmedov, Bahrom Abduraximov va Dilshod Rahmatullaevni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olgandi. O'tgan yozda esa «sherlar» «Nasaf»ning ikki futbolchisi Eldorbek Suyunov va Sherzod Azamovning transferi uchun 1 milliard so'm to'lagandi.