«Koutino, bir talay pul ishlab top». Sharhlovchi «Barsa» madhiyasini noodatiy tarzda ijro etdi
Jan. 8, 2018, 2:50 p.m. 3955

«Barselona» 6 yanvar kuni «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutinoning transferi bo'yicha uzoq kutilgan yangilikni malum qildi.

Ertasi kuni esa kataloniyaliklar «Levante»ga qarshi maydonga tushishdi. O'yindan avval ananaviy ravishda «Barselona» madhiyasi yangradi hamda sharhlovchi Rey Gudzon bunga tayyor holda turgan.

«Koutino! Koutino! Sen bir talay pul turasan, lekin «Barsa» senga ishonadi. Andre Gomesdan shunchaki yaxshiroq bo'l, aks holda seni uyga jo'natib yuborishadi, uyga jo'natishadi. Yana Stokdagi sovuq yomg'irli tunlar bo'ladi.

Endi sen Ispaniyadasan. Iliq, issiq Ispaniyada. Endi bor va bir talay pul ishlab top yigit, «Barsa»da! «Barsa»da! «Barsa»da!», - deya kuylab bergan Gudzon.

Malumot uchun, Rey Gudzon 1970-yillarda «Nyukasl» tarkibida to'p surgan. Futbolchilik va murabbiylik faoliyatining katta qismini Amerika jamoalarida o'tkazgan.