Koutino «Barselona»da Kroyf raqamini tanladi
Jan. 8, 2018, 9:22 p.m. 18598

«Barselona»ning yangi azosi Filippe Koutino afsonaviy hujumchi Yohan Kroyfga tegishli bo'lgan 14-raqamni tanladi, deb yozadi Sky Sports.

Malumki, «Ayaks» va «Barselona» to'purari 2016 yilda vafot etgan, Koutino esa uning muxlislaridan biri edi.

Ayni paytda, «Barselona»da 14-raqam ostida Xaver Maskerano to'p suryapti. Biroq, u yanvar oyida jamoani tark etishi kutilmoqda.