Xarobadan chiqqan to'purar. Misrning yana bir mo'jizasi
Jan. 8, 2018, 5:44 p.m. 12171

Go'yoki, Misrda ikkita mujiza borga o'xshaydi – piramadilar va Muhammad Saloh. Uni anchadan beri yaxshi ko'rishadi, ammo terma jamoani 28 yildan beri ilk marotaba jahon chempionati final qismiga olib chiqish Salohni butunlay millat qahramoniga aylantirdi.

Mamlakatda xovurlar bosilib, hammasini sokinlashgan bo'lsa ham, Saloh qahramonlik ko'rsatishda davom etmoqda va hozirda APLning eng muhim figuralaridan biri bo'lib turibdi — chempionatda 17 gol, shuningdek, Evropa Chempionlar ligasida 6ta gol, Afrikaning eng yaxshi futbolchisi unvoni. Salohga bo'lgan muhabbat faqat futbolchining maydondagi natijalaridan ilhom olmaydi, yanada ko'proq, uning eng pastki qatlamlardan yuqoriga chiqib borish ertaga ajoyib.  

Saloh Aleksandriya yaqinidagi Nargig qishlog'ida katta bo'ldi. Bazida futbol o'yinlarini ko'rish mumkin bo'lib qoladigan eski televizorda Ronaldo, Totti, Zidan kabi afsungarlarning to'p bilan harakatlarini tomosha qilgan Saloh etti yoshida futbol bilan shug'ullanishni boshladi. Qishloqda futbol to'pini topishning ham iloji bo'lmagan, Saloh do'stlari bilan bir nechta paypoqlarni birlashtirishar va ustidan kley bilan o'rab, to'p yasashar edi.

Bu Muhammadning 14 yoshigacha davom etdi. PepsiCo qahramonimiz o'qiydigan maktabda futbol musobaqasi uyushtiradi va aynan o'sha turnirda Saloh o'zini ko'rsatib, Qohiraning «Arab Kontraktors» skautlari nazariga tushadi. Natijada u ilk shartnomasiga ega bo'ldi, lekin sharoit yanada qiyinlashib ketgandi – Saloh mashg'ulotga borish uchun kuniga 4 soatini yo'lda o'tkazar, kamida uch marotaba marshrutni o'zgartirishga to'g'ri kelardi. Bu holat har kuni davom etardi. 

«Maktabdan ertaroq juftakni rostlashga to'g'ri kelardi» – deb eslaydi u, - O'qishga soat to'qqizda borardim va biroz o'tib, klub tomonidan berilgan qog'ozni ko'rsatardim. U erda mening soat ikkidagi mashg'ulotga etib borishim uchun, ertaroq yo'lga chiqishim kerakligi maktabdan so'ralgandi. Shunday qilib, maktabda atigi 1-2 soat bo'lardim. Mashg'ulotlarimiz kechki paytgacha davom etar, u erni tugatib, yo'lga chiqib, uyga kelguncha soat o'n birga yaqinlashgan bo'lardi».

Albatta, bunday fidoyilik tezda mukofotlandi: 19 yoshidayoq Saloh Misr terma jamoasida debyut o'yinini o'tkazdi. Terma jamoa Afrika kubogi-2012 turniriga tayyorgarlik jarayonida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlar o'tkazdi va raqiblardan biri ShveyTsariyaning «Bazel» klubi edi. Misr o'sha o'yinda 4:3 hisobida g'alaba qozondi, Muhammad Salohning dubli o'sha o'yini tomosha qilgan shveyTsariyalik xujayinlarga shunchalik yoqdiki, oradan bir necha kun o'tmasdan, yosh hujumchi Evropaga olib kelindi.  

«Juda qiyin bo'lgandi. Bu qadar yosh bo'la turib boshqa qitadan qo'nim topish oson emas. Men Misrda o'sganman, u er haqida hamma narsani bilaman, lekin ShveyTsariya haqida hech narsa bilmasdim. Hatto ingliz tilini ham tushunmas, qaerdan ovqat olib eyish va boshqa oddiy narsalarga ham qiynalardim», – deb hikoya qiladi Saloh. 

Olti yil o'tdi va hozir Salohda hammasi zo'r. U «Liverpul»ning eng asosiy yulduzi, inglizchani o'rganib olgan, haftasiga 100 ming funtlik maosh esa, kambag'al va qiyin yoshlikni esdan chiqarishda ayni muddaodek go'yo. 

Yo'q, aslo. Muhammadning qo'lida katta pullarning paydo bo'lishi unga doimiy tarzda o'z yurtiga yordam berish va qishlog'ini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratdi. Qo'yida hikoya qilinadigan voqealar Salohning naqadar buyuk yurak sohibi ekanini ko'rsatadi.

O'G'RINI KEChIRDI VA VILLADAN VOZ KEChDI

Bir paytlar Saloh inglizchadagi eng yoqtirgan so'zi Love ekanini aytgandi va bu yolg'on emas. 

Muhammad Kongo darvozasiga dubl qayd etib, terma jamoasini mundialga olib chiqayotgan paytda, uning otasi istiqomat qiladigan uyga o'g'ri tushdi. Ikki kundayoq o'g'rini ushlashdi, Salohning otasi esa, jinoyatchi ustidan sudga ariza berdi. O'g'il bu sharoitda kutilmagan harakatni amalga oshirdi: arizani qaytarib olishni so'radi, o'g'ri bilan alohida gaplashib, unga birmuncha pul berdi va hatto ish topishga ko'maklashdi. Kim biladi, balki o'sha o'g'ri o'z yo'lidan qaytmas, ammo Saloh asosiy ishni qilib bo'lgandi – o'g'riga to'g'ri yo'lga qaytish uchun yana bir imkoniyat taqdim qildi.

Bu ishni ham soyasida qoldirib ketadigan voqea keyinroq sodir bo'ldi. Terma jamoaning mundialga chiqqanidan ilhomlanib ketgan misrlik biznesmen Mamdux Abbos Salohga juda qimmatbaho villasini sovg'a qilmoqchi bo'ldi. Saloh shunchaki, rozi bo'lishi va uyni qabul qilib olish uchun biror mos kunni belgilashi kutilayotgandi. Ammo Muhammad bu sovg'adan voz kechdi va biznesmendan agar rostan ham uni xursand qilishni istayotgan bo'lsa, o'sha pullarni Nagrig qishlog'ini rivojlantirishga sarflashni so'radi.

KASALXONALAR QURISh  VA YoShLARNING NIKOHLANIShIDA KO'MAKChI

Bu hali hammasi emas, Salohning o'zi ham qishlog'iga qayg'urib keladi. U faqat pul bilan cheklanmay, maktab qurdi, yopiq futbol maydoni va sport zallari uchun anjomlar o'rnatib berdi.  

«Saloh qishlog'imizni dunyo xaritasiga aks ettiribgina qolmasdan, uni rivojlantirishga ham ulkan hissa qo'shib keladi. U Baziundagi kasalxona binolarini tamirlashga, uskunalar va tez yordam mashinalari sotib olishda yordam ko'rsatdi» – deydi qishloq raisi Maxer Shetiya. 

Saloh shuningdek, yosh juftliklarning oila qurishlariga yordam beradi va to'y marosimlarni tashkil qilish uchun mablag'larni o'z hisobidan qoplaydi. 

«U Nagrigga har yili Ramazon oyida kelib, bolalarga turli sovg'alar tarqatadi, hamma bilan birga rasmga tushadi, avtograflar beradi. Bolaligidan buyon u umuman o'zgarmagan» – deydi Salohning bolalikdagi do'stlaridan biri. 

Nagrig qishlog'i va aholisiga ko'rsatayotgan beminnat yordamlari uchun allaqachon u erda Muhammad Saloh nomi bilan maktab va yoshlar markazi atalib kelinadi. 

MISR VALYuTASINI SAQLAB QOLDI VA FAXRIYLARGA YoRDAM BERMOQDA

O'tgan yilning oxirida Saloh yana ikki katta ishga qo'l urdi. Avvaliga u Misr funtini qutqarib qolishda jonbozlik ko'rsatdi. Misrliklar milliy valyutani inqirozdan olib chiqishda chet el valyutasi lozimligi haqida aytishganda, u birinchilardan bo'lib 210 ming funt Misr davlati hisobiga o'tkazib berdi.

Keyin esa, Muhammad Misr veteran-futbolchilar assoTsiaTsiyasi hisobiga 27 ming funt sterling pul o'tkazib berdi. Ushbu AssoTsiaTsiya qiynalib qolgan sobiq futbolchilarga moddiy yordam ko'rsatish bilan shug'ullanadi va Salohning pullari oylik maoshi atigi 16.6 funt bo'lgan 120 oilaga yordam tariqasida tarqatib berildi. 

Salohning butun Yaqin Sharqdagi ahamiyatini «Liverpul»ning arab muxlislari uchun efirga uzatiladigan ko'rsatuv boshlovchisi Hotam Kadus juda aniq tushuntirib bergandi:

«Uning amalga oshirganini hech qaysi siyosatchi qila olmagan» – degandi u, - «Saloh Yaqin Sharqni birlashtirdi – marokashliklar, tunisliklar, saudlar, kuvaytliklar, Ummon va Amirlikda yashaydigan aholi – ularning hammasi «Saloh» familiyasi tushirilgan futbolkani kiyib yurishibdi. U 90 millionlik Misr aholisiga umid baxsh etmoqda. Bizda jiddiy iqtisodiy muammolar bor, deyarli har hafta teraktlar amalga oshib turibdi, mana shu sharoitda ham Saloh misrliklarga umid bermoqda. «Liverpul» o'ynagan kunlari Qohiradagi har qanday kafega kiring, bunaqasini boshqa payt uchratmaysiz, haqiqiy bayram. Mana shu ikki soat Misr xalqini birlashtiradi va mana shu ikki soat biz atrofimizni o'rab turgan butun dahshatni unutamiz».

Ha, pullar va mashhurlik odamni o'zgartiradi, deyishadi. Ammo endi dunyoda kamida bir odamni bilamizki, bu haqida hech narsa bilmaydi. 

Sports.ru materiali asosida Qahramon Aslanov tayyorladi