«Barselona» yana bir transfer masalasini hal qildi
Jan. 7, 2018, 6:16 p.m. 17895

Braziliyaning «Palmeyras» klubi himoyachisi Yerri Mina qishki transferlar vaqtidayoq «Barselona» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda RAC1 radiostanTsiyasi xabar tarqatdi.

Kataloniya radiosi bergan malumotga ko'ra, klublar 23 yoshli Minaning transferini 12 million evro evaziga amalga oshirish bo'yicha kelishib olgan.

Kolumbiyalik futbolchi chorshanba kuni «Barsa»ning yangi azosi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 6 yanvar kuni «Barselona» qishki transferlar vaqtidagi ilk transferini amalga oshirib, Koutinoni o'z safiga qo'shib olgandi.