«Barselona» Koutino transferini elon qildi
Jan. 7, 2018, 12:18 a.m. 25520

«Barselona» klubi «Liverpul» yarimhimoyachisi Filipe Koutino transferini elon qildi.

Futbolchi kataloniyaliklar bilan 5,5 yillik shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 400 million evro qilib belgilandi.

Avvalroq, «Barselona» futbolchining transferi uchun 160 million evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Malumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi avvaliga 120 million evro to'laydi. Qolgan 40 million esa Koutinoning o'yinlariga qarab bonus sifatida to'lanishi mumkin.