Video: Neymar «Barselona»da 11 o'yindan iborat golsiz seriyasiga yakun yasadi

Ispaniya 12 Yanvar 2017 906

«Barselona» hujumchisi Neymar Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Atletik»ka qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan uchrashuvda penalti zarbasini aniq bajardi.

Braziliyalik futbolchi bu orqali kataloniyaliklar jamoasida 11 uchrashuvdan iborat golsiz seriyasiga yakun yasadi.

Oxirgi marta Neymar «Barselona» safida o'tgan yilning 19 oktyabrida, Chempionlar ligasi doirasida«Manchester Siti»ga qarshi kechgan o'yinda gollardan biriga mualliflik qilgandi.

U Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 14 uchrashuvda ishtirok yetdi va 4 gol urib, 8 golli uzatma amalga oshirdi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: