Suares «Barselona» safidagi 100-golini nishonladi

Ispaniya 12 Yanvar 2017 1046

«Barselona» Ispaniya kubogi 1/8 finali javob uchrashuvida «Atletik» bilan uchrashdi. Uchrashuv 3:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo'ldi.

Uchrashuvdagi gollardan birini urugvaylik futbolchi Luis Suares kiritdi va bu uning «Barsa» safidagi 100-goli bo'ldi.

29 yoshli futbolchiga bu yubiley golga yerishish uchun jamoa safida 120 ta o'yin o'tkazish kifoya qildi.

Shuningdek, bu gol «Barsa» hujumkor bog'lamining 300-goli bo'ldi: Lionel Messi (124), Neymar (76) va Suares (100) birga o'ynayotganlaridan beri umumiy hisobda aynan shuncha gol kiritishgan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: