Ronaldu Xamesni fikridan qaytargani ma'lum bo'ldi

Ispaniya 12 Yanvar 2017 2978

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshi, yarimhimoyachi Xames Rodrigesni «Chelsi»ga o'tish fikridan qaytargan. Bu haqda Confidencial Colombia nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, londonliklar kolumbiyalik futbolchini dekabrda sotib olishni reja qilgan va «Real»ga 90 mln. yevro taklif qilgan. Xames uchun bu taklifni o'ylab ko'rishi uchun bir hafta muddatga yega bo'lgan, biroq madridliklar yetakchisi Ronaldu uni jamoadan ketmaslikka ko'ndirgan.

Ma'lumot uchun, Xames joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 17 turidan 9tasida, jumladan, ularning bor-yo'g'i 4tasida asosiy tarkibda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: