Messining nega «Barselona» bilan shartnomani uzaytirmayotgani sabablari aytildi

Ispaniya 12 Yanvar 2017 4994

«Barselona» bosh direktori Oskar Grau jamoa hujumchisi Lionel Messining shartnoma bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Bu fikrni bir joyga jamlab, kallani ishlatgan holda hal qilinishi lozim bo'lgan jiddiy masala.

Klub o'zi ishlab topgan pulning 70%idan ortig'ini maosh sifatida to'lay olmaydi. Shunday yekan biz, ilojsiz narsani amalga oshirishimiz kerak bo'ladi.

Bitta yo'li – foyda miqdorini oshirish. Bu bizning strategik rejalarimizga kiritilgan. Biz dunyoning yeng yaxshi futbolchisini o'zimizda saqlab qolishni istaymiz, ammo shu bilan birga o'z imkoniyatlarimizni ham to'g'ri chamalab olishimiz zarur.

«Barselona» futbol tarixidagi yeng kuchli futbolchini saqlab qolishni istaydi. Men muxlislarni tinchlantirishni istayman, ammo sog'lom fikrga kelish uchun vaqt kerak», – degan Grau.

Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida poyoniga yetadi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: