Messi «Barselona» uchun jarima zarbasidan gol urish bo'yicha Kumanga yetib oldi

Ispaniya 12 Yanvar 2017 1441

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jarima zarbasini golga aylantirish bo'yicha kataloniyaliklar jamoasining sobiq futbolchisi Ronald Kumanga tenglashib oldi.

Ispaniya kubogi nimchorak finalida «Atletik» jamoasiga qarshi kechgan javob uchrashuvining 78-daqiqasida Messi jarima nuqtasidan gol urib, jamoasining keyingi bosqichga chiqishini ta'minladi.

Bu uning jarima nuqtasidan urgan 26-goli bo'ldi. Kuman hisobida ham shuncha gol bor. Bu klub tarixidagi yeng yaxshi ko'rsatkich hisoblanardi. Niderlandiyalik mutaxassis Messini tabriklagan:

«Tabriklayman, Leo Messi! Yangi rekord uchun yana bitta gol qoldi», - deb yozgan Kuman tvitterida.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: