Luis Suares «Barselona» rahbariyatini Messiga munosabati sabab tanqid qildi

Ispaniya 12 Yanvar 2017 2693

«Barselona» hujumchisi Luis Suares klub rahbariyatiga Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolashda o'ylab o'tirish kerak yemasligini aytdi.

Urugvaylik futbolchi bu haqda gapirarkan bir kun oldin bu borada gapirib o'tgan kataloniyaliklar bosh direktori Oskar Grauning gaplarini tanqid ostiga olib o'tdi. Grau Messi bilan shartnoma imzolashda moliyaviy feyr-pley shartlarini buzib qo'ymaslik uchun sovuqqonlik bilan masalaga yondashib, sog'lom fikrga kelish kerakligini aytgandi. 

«Messi bilan shartnoma uzaytirish kerak, sog'lom fikrga yega bo'lish shartmas. Gap dunyoning yeng yaxshi futbolchisi haqida ketmoqda», — deya Suaresning so'zlarini keltiradi Marca.

Messining klub bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: