UEFA serblar klubini yevrokuboklardan 3 yilga chetlatdi

Yevropa 11 Yanvar 2017 501

UEFA tashkilotining moliyaviy nazorat bo'yicha arbitraj palatasi Belgradning «Partizan» klubini 3 yil muddatga yevrokuboklardan chetlatdi.

Tashkilot saytida ma'lum qilinishicha, serblar klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun jazolangan.

Endi «Partizan» 2017/18, 2018/19 va 2019/20 mavsumlarda yevrokuboklarni o'tkazib yuboradi.

«Partizan» ushbu qaror bo'yicha Sport arbitraj sudiga (CAS) apellyatsiya bilan murojaat qilishi mumkin.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: