Ronaldu Messidan xafa

Ispaniya 11 Yanvar 2017 7970

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFAning taqdimot marosimiga «Barselona» futbolchilari kelmaganidan norozilik bildirdi.

«Menga Messi tabrik jo'natgani haqida so'rayapsizmi? Hazillashmang. Menda hatto uning telefon raqami yo'q.

Marosimda bo'lmasang, g'olibni tabriklashing qiyin bo'ladi. Men u «Oltin to'p»larini olganida har safar tabriklagandim, u yesa marosimga kelmadi.

Men nafaqat Messi, balki «Barselona»ning barcha futbolchilari marosimda ishtirok yetishini xohlagandim. Tushunaman, ularni muhim o'yin kutmoqda. Men ham klub buyurgan ishni qilaman.

Masalan, men klub sharafi uchun har yili «Oltin to'p»ni topshirish marosimiga kelganman. Bundan keyingi yillarda ham nomzodim qo'yilsa va taklif yetilsam, marosimga albatta tashrif buyuraman», – degan Ronaldu Yel Larguero telekanali yefirida.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: