Ronaldu hayotidagi yeng yaxshi kun qachon bo'lganini aytdi

Ispaniya 11 Yanvar 2017 4370

FIFA taqdimot marosimidan keyin oqshom qahramoni Krishtian Ronaldu ko'plab intervyular berdi. Bular orasida FIFA rasmiy sayti uchun olingan blits-intervyu ham bor. 

Faoliyatingdagi yeng yaxshi gol? 

- Oxirgi golim. Men hamisha bu savolga shunday javob beraman. 

KR7 bo'lishning yeng afzal jihat nimada? 

- Yeng yaxshisi - bu odamlarga xursandchilik ulashish. 

Faoliyating davomida sen qarshi o'ynashga to'g'ri kelgan yeng kuchli himoya? 

- Bu savolga aniq javob berishim qiyin. Men ko'p bora dunyoning yeng kuchli himoyachilariga qarshi o'ynaganman. Ulardan qaysi birinidir ajratib ko'rsata olmayman.

Hayotingdagi yeng yaxshi kun qachon bo'lgan? 

- O'g'lim dunyoga kelganida. 

Eng ko'p yoqtirgan musiqang? 

- Menda bunday musiqalar ko'p. Men jo'shqin musiqalarni afzal bilaman... Masalan, reggeton. Ha, reggeton bo'laqolsin. 

O'g'lingdan qanday gapni yeshitishni xush ko'rasan? 

- Dada, men seni yaxshi ko'raman, sen dunyodagi yeng yaxshi otasan. 

Portugaliyadagi yeng yaxshi shahar qaysi? 

- Funshal, Madeyradagi asosiy shahar. 

Sen o'ynagan yeng yaxshi stadion? 

- «Santyago Bernabeu». 

Onang tayyorlaydigan yeng yaxshi taom? 

- Bakalao (treska).

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: